Qoraqalpog'iston Respublikasiga ishchi tashrif.
2021 yil Sentabr oyida loyiha mutaxassislari- B.Kuziev, S.Dusmuratova va B.Matyakubovlar tomonidan belgilangan reja asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi Vazirligi, Qishloq xo‘jaligi Vazirligi, Fermerlar kengashi, Mehnat va bandlik Vazirligi, Savdo sanoat Palatasi, Kasbiy ta'limni rivojlantirish Boshqarmasi bo‘limi boshliqlari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv jarayonida loyiha tomonidan qo‘yilgan maqsad, asosiy vazifalar bo‘yicha ma'lumot berildi, hamkorlikda ishlash kelishib olindi. Hamkorlik doirasida tajriba kollejlaridagi o‘qituvchilar va o‘quvchilar hamda kasbga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash uchun 5ta ko‘p tarmoqli fermer, 5ta fermer, 5ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi korxonalar, 5ta suv xo‘jaligi va qishloq xo‘jalik mutaxassislaridan so‘rovnoma o‘tkazish rejalashtirilganligi, shu bilan bir qatorda tajriba kollejlarini moddiy texnika bazasi holati va o‘quv – uslubiy ta'minoti bilan tanishib tahlil qilish kelishildi.