<
 
 
 
 
×
>
You are viewing an archived web page, collected at the request of United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO) using Archive-It. This page was captured on 11:04:01 Mar 15, 2022, and is part of the UNESCO collection. The information on this web page may be out of date. See All versions of this archived page.
Loading media information hide
Press release

Oliy ta’lim kvalifikatsiyalarini tan olish bo‘yicha konvensiyani qabul qilish va joriy etish uchun manfaatdor tomonlar hamkorligini mustahkamlash mavzusidagi yuqori darajadagi ekspertlar uchrashuvi

10/12/2021

Bugun 10 dekabr kuni O‘zbekistonda oliy ta’lim malakalarining tan olinishiga ko‘maklashish maqsadida YUNESKO O‘zbekiston Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi bilan birgalikda Oliy ta’lim malakalarini tan olish to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish va amalga oshirish uchun manfaatdor tomonlar hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha Oliy darajadagi ekspertlar yig‘ilishini o’tkazdi.

YUNESKOning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida oliy taʼlim sohasidagi malakalarni tan olish to‘g‘risidagi konvensiyasi (Tokio konvensiyasi) Osiyo -Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari uchun axborot taʼminotini oshirish va shaffoflikni oshirish tamoyillari orqali oliy taʼlim malakalarini tan olishni osonlashtirish mexanizmini taqdim etadi. Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi mamlakatning Osiyo va Tinch okeani mintaqasida talabalar va akademiklarning harakatlanishini yaxshilanishiga, shu bilan birga, mintaqa bo'ylab hamkorlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Konvensiya 2018-yil 1-fevralda kuchga kirgan. 2021-yil avgust holatiga koʻra, oʻn ikki aʼzo davlat – Аfg‘oniston, Armaniston, Аvstraliya, Fiji, Koreya Respublikasi, Mo‘g‘uliston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Vatikan, Xitoy,Yangi Zelandiya va Yaponiya Tokio konvensiyasini ratifikatsiya qilgan.

Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi mintaqadagi talabalarning keng harakatlanishiga, oliy taʼlim sifatini yaxshilanishiga va O‘zbekiston bitiruvchi yoshlarining Tokio konvensiyasini ratifikatsiya qilgan boshqa mamlakatlarda ish bilan taʼminlanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Uchrashuvning maqsadlari:

  •  Tokio konvensiyasi va Global konvensiyaning afzalliklari, muammolari va ratifikatsiya qilish tartib-qoidalari bo'yicha milliy darajadagi xabardorlik va salohiyatni oshirish;
  •  Oliy ta'lim va malakalarni tan olish bo'yicha nufuzli ma'lumotlarni taqdim etish uchun Milliy axborot markazi (MAT) kabi asosiy milliy targ'ibot mexanizmlarini ilgari surish;
  •  Konvensiyaning ratifikatsiya qilish uchun zarur bo'lgan institutsional tuzilmalar bo'yicha yo'l xaritasi loyihasini muhokama qilish;
  •  Milliy va xalqaro miqyosda malakaga ishonchni mustahkamlash maqsadida ta'lim tizimlarida ta’lim sifatni yaxshilash.

Oliy taʼlim sohasidagi manfaatdor tomonlar va texnik ekspertlar Oʻzbekistonning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha oʻz fikrlari va mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Ushbu muhim yig'ilishda O'zbekistonda oliy ta'lim sifatiga bo'lgan ehtiyoj va kamchiliklar baholandi.