<
 
 
 
 
×
>
You are viewing an archived web page, collected at the request of United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO) using Archive-It. This page was captured on 10:06:06 Mar 15, 2022, and is part of the UNESCO collection. The information on this web page may be out of date. See All versions of this archived page.
Loading media information hide

Respublika agroxizmatlar markazi bilan hamkorlik

01/03/2022
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan YUNESKOning “O'zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko'nikmalarini rivojlantirish” loyihasi Respublika agroxizmatlar markaziga hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida tashrif buyurdi. O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi Innovatsiya va ta'lim boshqarmasi boshlig'i Shuxrat Amanov ma’lum qilishicha qishloq xo'jaligini rivojlantirish strategiyasiga binoan O'zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasida AKIS- agroxizmatlar markazlari ochilishini ma'lum qildi. Bu Yevropa Ittifoqi, Jahon banki va boshqa xalqaro donor tashkilotlar ko'magida amalga oshirilmoqda.
© AKIS
AKIS markazi barcha fermerlarga 100 dan ortiq turdagi qishloq xo‘jaligi xizmatlarini taklif etuvchi hamda xususiy mahalliy va xorijiy qishloq xo‘jaligi kompaniyalari uchun shart-sharoit yaratuvchi Markaziy Osiyo uchun yangi va noyob platforma hisoblanadi. Toshkent viloyatidagi qishloq xo‘jaligi xizmatlari universal markazida qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari turli xizmatlardan, jumladan, laboratoriya, maslahat va yuridik masalalardan foydalanishlari, keng assortimentdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishlari, sohaning boshqa ishtirokchilari bilan aloqalarni mustahkamlashlari yoki yangi aloqalarini o‘rnatishlariga yordam beradi. “O'zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko'nikmalarini rivojlantirish” loyihasi faoliyati O'zbekistondagi qishloq xo'jaligi va irrigatsiya sohasidagi kollejlarda kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish milliy tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Qoraqalpog'iston, Xorazm, Buxoro va Surxondaryodagi pilot 4 ta kollejlar jihozlanishi va modernizatsiya qilinishi ko’zda tutilgan.
© AKIS