<
 
 
 
 
×
>
You are viewing an archived web page, collected at the request of United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO) using Archive-It. This page was captured on 10:34:17 Mar 15, 2022, and is part of the UNESCO collection. The information on this web page may be out of date. See All versions of this archived page.
Loading media information hide

Loyiha Boshqaruv Qoʼmitasining ikkinchi yigʼilishi bo'lib o'tdi

01/02/2022
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "Oʼzbekistonning qishloq hududlarida ish bilan taʼminlash uchun koʼnikmalarni rivojlantirish" loyihasi doirasida YUNESKOning Oʼzbekistondagi Vakolatxonasi loyiha Boshqaruv Qoʼmitasining ikkinchi yigʼilishini 2022-yil 31-yanvar kuni oʼtkazdi. Tadbirda Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʼrinbosari, Qishloq xoʼjaligi va Suv xoʼjaligi vazirliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining xodimlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Oʼzbekiston Respublikasidagi Elchisi, YUNESKOning Oʼzbekistondagi Vakili v.v.b. va loyihadan manfaatdor tashkilotlar ishtirok etdilar. Yigʼilishda loyihaning 2021-yilda erishgan natijalari koʼrib chiqildi va 2022-yilga moʼljallangan ish rejasi, hamda byudjet ajratmalari muhokama qilindi.
© UNESCO
Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʼrinbosari, loyiha boshqaruv qoʼmitasi raisi, janob Komiljon Karimov oʼzining qutlov nutqida: "Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganidek, taʼlim - bu asosiy ustuvor vazifa va bu kelayotgan 2022-2026-yillarda, mamlakatimizning yangi rivojlanish strategiyasida alohida taʼkidlanadi. Biz taʼlim sohasida islohotlarni xalqaro eng yaxshi amaliyotlar asosida amalga oshirmoqchimiz va YUNESKO, BMTning taʼlim sohasidagi vakolatli agentligi sifatida, 75 yil davomida katta tajriba toʼplagan, shu maqsadda YUNESKO loyihani ijrochisi sifatida ma'sul tashkilot qilib tayinlanishi qarorini quvvatlaymiz. Ushbu loyiha nafaqat ta'lim sohasining rivojlanishiga, balki mamlakat taraqqiyotiga ham ijobiy taʼsir koʼrsata olishiga ishonamiz". YUNESKOning Oʼzbekistondagi Vakili v.v.b janob Аleksandros Makarigakis, loyihani amalga oshirishning birinchi yilida, quyidagi natijalarga erishilganligi haqida ishtirokchilarga maʼlum qildi: 1) Yaqinda tashkil etilgan Tarmoq Malakalar Kengashlariga amaliy yordam berildi; 2) Qishloq xoʼjaligi va irrigatsiya sohalari uchun texnik va kasb-hunar taʼlimi strategiyasi ishlab chiqildi; 3) Qishloq xoʼjaligi va irrigatsiya sohalaridagi koʼnikmalarga boʼlgan ehtiyojni puxta baholash asosida professional xaritalar loyihalari yakunlandi; 4) Mamlakatning toʼrtta mintaqasidagi qishloq xoʼjaligi va irrigatsiya kollejlarida oʼquv materiallari, oʼqitish usullari, loyihalash vositalari va mavjud jihozlarni baholashning birinchi bosqichi yakunlandi; kelajakda ularni modernizatsiya qilish koʼzda tutilgan.
© UNESCO
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Sharlotta Adriaen xonim ta’kidlashicha: “Yevropa Ittifoqi texnik va kasb-hunar ta’limi va oʼqitish sohasidagi islohotlarni qoʼllab-quvvatlaydi, bu esa pirovardida malakali inson kapitalini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va iqtisodiy o'sishga, shuningdek, O'zbekistonning qishloq joylarida yosh ayollar va erkaklarning ish bilan ta'minlanishiga olib kelishi kerak. Yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston uchun 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan ko‘p yillik indikativ Dasturimizda va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan yangi Strategiyasida ta’lim sektori va xususan, kasb-hunar ta’limi hamkorlik yo‘nalishlarining asosiy sohalardan biri ekanligini tasdiqlaydi. Alohida ta’kidlash joizki, Yevropa Ittifoqi va YUNESKO qo‘shma loyihasi O‘zbekiston malakalarni oshirish tizimida amalga oshirayotgan islohotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan va qishloq xo‘jaligi hamda irrigatsiya sohalariga e’tibor qaratgan”. Loyiha haqida maʼlumot: YUNESKO va Yevropa Ittifoqi Oʼzbekiston hukumati bilan hamkorlikda, ushbu loyihani 2020-yilda ishga tushurishgan. Yevropa Ittifoqi 2020-2024-yillarda, Oʼzbekistonning Qoraqalpogʼiston, Xorazm, Buxoro va Surxondaryo kabi toʼrtta viloyatlarida ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida 9,6 million yevro mablagʼ ajratgan. Loyiha tugallangandan soʼng, uning natijalari ayollar va erkaklar barqaror, diversifikatsiyalangan va modernizatsiya qilingan qishloq xoʼjaligida yuqori mahsuldorlikka erishishlari uchun tegishli koʼnikmalarga ega boʼlishlari orqali qishloq hududlarida turmush darajasini yaxshilashga yordam beradi.