<
 
 
 
 
×
>
You are viewing an archived web page, collected at the request of United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO) using Archive-It. This page was captured on 11:02:25 Mar 15, 2022, and is part of the UNESCO collection. The information on this web page may be out of date. See All versions of this archived page.
Loading media information hide

Qoraqalpoq'iston va Xorazmdagi pilot kollejlar ehtiyojlarini aniqlash uchun ishchi tashrif

20/12/2021

“O‘zbekistonning qishloq hududlarida ish bilan ta'minlash uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasining uchinchi komponenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm, Buxoro, Surxondaryo viloyatlaridagi qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya kollejlarini yangilangan o‘quv dasturlari hamda moddiy-texnik bazasi va jihozlari bilan modernizatsiya qilishga qaratilgan. Kollejlarning ehtiyojlarini aniqlash maqsadida loyiha jamoasi 16-18 Dekabr kunlari Xorazm viloyatidagi Qo‘shko‘pir suv xo‘jaligi va melioratsiya kolleji va Urganch agrotexnologiya kolleji; Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Beruniy va Kegeyli suv xo‘jaligi va melioratsiya kollejlarida bo‘ldi. Maqsad muhandis tomonidan ta'mirlanishi va / yoki qayta qurilishi kerak bo'lgan ob'ektlar ro'yxatini tayyorlash va ularni texnik nuqtai nazardan baholash edi.

© UNESCO

O‘zbekiston Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakili janob Umid Shodiev ham loyiha guruhi bilan birgalikda 18 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Beruniy va Kegeyli suv xo‘jaligi va melioratsiya kollejlariga tashrif buyurdilar. Joylarda uskunalar eskirgan, kollejlarni yangidan jihozlash muhimligi qayd etildi. Kollejlar potentsiali va infratuzilmasi borligi, ya'ni binolari kattaligi, yondosh ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratish imkoniyatlari, mahalliy aholi bandligini ta'minlashda tutgan o'rinlari alohida e'tiborga sazovor bo'ldi. Kollejlar bazasi katta, suv xo'jaligi ko'nikmalaridan tashqari kompyuter texnologiyalar va chet tillarni o'rgatish ham taklif etildi. 

© UNESCO

Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi va YUNESKO tomonidan 2020-2024 yillarda amalga oshiriladi. Kollejlarning texnik bazasini ta’mirlash va modernizatsiya qilish bilan birga, soha bo‘yicha kollejlar uchun yangilangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Avval loyiha maslahatchilari adabiyot va o‘quv dasturlarini tahlil qilish uchun ushbu kollejlarga tashrif buyurgan edilar:

https://uz.unesco.org/news/qoraqalpogiston-respublikasiga-is...

https://uz.unesco.org/news/xorazm-viloyatidagi-qoshkopir-suv...

Yuqoridagi masalalar bo‘yicha hamkorlikni yanada yaxshilash maqsadida tegishli vazirlik va hududiy boshqarmalarda ham uchrashuvlar tashkil etildi. Batafsil ma’lumot uchun Qoraqalpog‘iston axborot agentligi veb-saytiga tashrif buyuring: https://kknews.uz/kk/93470.html

© UNESCO