<
 
 
 
 
×
>
You are viewing an archived web page, collected at the request of United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO) using Archive-It. This page was captured on 11:04:55 Mar 15, 2022, and is part of the UNESCO collection. The information on this web page may be out of date. See All versions of this archived page.
Loading media information hide
News

YuNESKOning O‘zbekistondagi Vakili j-b Aleksandros Makarigakis rasmiy tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida safar qildi

10/12/2021

8 dekabr kuni YuNESKOning O‘zbekistondagi vakili vazifasini bajaruvchi janob Aleksandros Makarigakis rasmiy tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida safar qildi . Nukusda uni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi janob Murat Kamolov qabul qildi.

Shuningdek, u Vazirlar Kengashi Raisi janob Sariyev bilan uchrashib, YUNESKO va Qoraqalpog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish shartlarini batafsil muhokama qildi. Keyinroq janob Makarigakis Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri janob Usakov D., Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari janob Kusekeyev B, Qoraqalpog‘iston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari M. Murat Jollibekov bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Ushbu uchrashuvlarda avvalgi , bugungi  va kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida ish bilan ta’minlash uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish, Respublikaning boy merosi va urf-odatlarini asrab-avaylash va qayta tiklash, shuningdek, barqaror turizmni rivojlantirish va aholi turmushini yahshilah  . Janob Makarigakis O‘zbekistondagi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining YuNESKOning “Odam va biosfera” (MAB) dasturiga kiritilgani bilan mutasaddilarni tabrikladi va qishloq jamoalariga ushbu maqom taqdim etagidan   turizm rivojlanishi uchun  yangi potencial imkoniyatlarini muhokama qildi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda suv resurslari bo‘yicha yangi ilmiy-tadqiqot loyihasi, shuningdek, xususan aqlli  suv boshqaruv tizimlariga inson resurslarini o‘qitish imkoniyatlari muhokama qilindi.