<
 
 
 
 
×
>
You are viewing an archived web page, collected at the request of United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO) using Archive-It. This page was captured on 11:07:13 Mar 15, 2022, and is part of the UNESCO collection. The information on this web page may be out of date. See All versions of this archived page.
Loading media information hide

Loyiha texnik ishchi guruhi ikkinchi yig‘ilishi.

18/11/2021

Joriy yilning 18-19-noyabr kunlari Bo‘stonliq tumanida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "O’zbekistonning qishloq hududlarida ish bilan ta’minlash uchun ko’nikmalarni rivojlantirish”  loyihasining ikkinchi texnik ishchi guruhi yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda. 

 

 

© SISQE

Yig‘ilish kun tartibidan qishloq xo'jaligi va irrigatsiya tarmoqlarida professional ta’lim strategiyasi, xorijiy mamlakatlarda sifatni ta'minlash tizimlarini ko'rib chiqish, qishloq xo'jaligi uchun kasb-hunar ta'limi sifati siyosati loyihasi bilan bog‘liq qator masalar o‘rin oldi. Qayd etish lozimki, ushbu loyiha qishloq hududlarida yashovchi aholining bandligini ta’minlash uchun zarur ko‘nikmalarni aniqlash va ushbu yo‘nalishda  uzluksiz ta’lim tizimida zarur qobiliyat va imkoniyatlarni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Bu esa qishloq hududlaridagi yoshlarning sohalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali ularni kasbga yo‘naltirish imkoniyatlarini oshiradi.

© SISQE

Yig‘ilishda Milliy va xalqaro ekspertlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Mehnat bozorini o'rganish instituti, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Pedagogik innovatsiyalar instituti vakillari ishtirok etishdi.

© SISQE