<
 
 
 
 
×
>
You are viewing an archived web page, collected at the request of United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO) using Archive-It. This page was captured on 14:34:36 Mar 15, 2022, and is part of the UNESCO collection. The information on this web page may be out of date. See All versions of this archived page.
Loading media information hide
Press release

«Qoraqalpog'istonning turizm salohiyati: yangi imkoniyatlar va muammolar» mavzusida onlayn maslahat kengashi

15/06/2021

2021 yil 16-iyun kuni Toshkent va Nukusda Qoraqalpog'iston Respublikasining sayyohlik salohiyatini muhokama qilishga bag'ishlangan "Qoraqalpog'istonning turizm salohiyati: yangi imkoniyatlar va muammolar" deb nomlangan bir kunlik onlayn kengash bo'lib o'tadi. Uchrashuv YuNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan O'zbekiston turizm va sport vazirligi bilan yaqin hamkorlikda "Barqaror qishloq hududlari rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash orqali Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish" loyihasi doirasida tashkil etilmoqda *.

Maslahat kengashi davomida koviddan keyingi davridagi turizmning jahon tendentsiyalari va Qoraqalpog'istonning sayyohlik salohiyatini ilgari surish imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. Bu Qoraqalpog'istonning madaniy va tabiiy merosi to'g'risida xalqaro va milliy darajada xabardorlikni oshirishga qaratilgan bir qator loyiha tadbirlarining birinchi uchrashuvidir.

Qoraqalpog'iston ichki va xalqaro sayyohlarga haqiqiy, noma'lum va gavjum bo'lmagan sayohat yo'nalishlarini taklif qilishi mumkin. Orol dengiziga ekstremal ekologik ekskursiyalardan, Nukusdagi I. Savitskiy nomidagi Davlat san'at muzeyiga tashrif buyurishgacha - Qoraqalpog'istonning boy merosi O'zbekistonning boshqa mintaqalaridan ajralib turadigan o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan madaniyat va urf-odatlarni qamrab oladi. Aynan shu sababli Qoraqalpog'istonda barqaror turizmni rivojlantirishga hissa qo'shish uchun mintaqadagi turistik takliflarning barcha turlarini o'rganish, infratuzilma va xizmatlarni takomillashtirish zarur.

Qoraqalpog'istonning turizm va madaniyat sohasidagi milliy manfaatdor tomonlari ishtirokidagi kengashni barqaror turizm bo'yicha xalqaro ekspert va Ipak yo'li mutaxassisi Alla Peresolova xonim (Ispaniya), turizm marketingi bo'yicha mutaxassis Kevin Xarris (Buyuk Britaniya) va Jon Bell, jurnalist va turizm bo'yicha mutaxassis (Buyuk Britaniya) o'tkazadilar.

Onlayn yig'ilish 2021 yil 23-24 iyun kunlari Nukus shahrida (Qoraqalpog'iston) "Media va turizm: rivojlanishga yangi yondashuvlar" mavzusidagi ikki kunlik amaliy mashg'ulot bilan, shuningdek, 2021 yil 30 iyundan 6 avgustgacha bo'lib o'tadigan turizm va Qoraqalpog'iston madaniy va tabiiy merosi to'g'risidagi media-tarkibni tayyorlash va yaratish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar (onlayn-inkubator) bilan davom etadi.

* BMT Taraqqiyot dasturi va YuNESKOning "Barqaror qishloq hududlari rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash orqali Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish" Qo‘shma dasturi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Orol dengizi mintaqasi uchun Inson xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ko'p sheriklik trast fondi (MPHCHB) moliyaviy ko'magi bilan amalga oshirilmoqda.

Loyihaning maqsadi - Orol dengizi mintaqasining eng zaif hamjamiyatlarining ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorligini ekologik muammolarini kompleks echimlari, asosiy xizmatlardan foydalanishni rag'batlantirish, hayot darajasini yaxshilash va Qoraqalpog'istonda barqaror turizmni rivojlantirish orqali bartaraf etish. Bundan tashqari, loyihaning maqsadi Qoraqalpog'istondagi aholi va ekologik turizm asosida daromad olish imkoniyatlarini oshirish va Orol dengizi mintaqasi turizm sohasining inklyuziv barqaror o'sishiga ko'maklashish orqali qishloq aholisining, shu jumladan ayollar va yoshlarning ijtimoiy farovonligini oshirishdan iborat.

Kengash dasturini Ingliz | O'zbek | Rus tilida ochish

 

Aloqa:

Muxayyo Maxmudova xonim, madaniyat ishlar bo'yicha mutaxassis, YuNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi; tel: (+99878) 1207116, 1207154, 1207155; e-mail: m.makhmudova@unesco.org