<
 
 
 
 
×
>
You are viewing an archived web page, collected at the request of United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO) using Archive-It. This page was captured on 14:02:58 Mar 15, 2022, and is part of the UNESCO collection. The information on this web page may be out of date. See All versions of this archived page.
Loading media information hide
News

Xorazm viloyatidagi Qoʼshkoʼpir suv xoʼjaligi va melioratsiya kolleji va Urganch Аgrotexnologiyalar texnikumiga tashrif

04/10/2021

Loyiha mutaxassislari Xorazm viloyati fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining raisi, rais oʼrinbosari va kadrlar boʼlimi boshligʼi hamda Xorazm viloyati suv xoʼjaligi boshqarmasi, Xorazm qishloq xoʼjaligi boshqarmasi, Mehnat va bandlik boshqarmasi rahbariyati hamda boʼlimi boshliqlari bilan uchrashdilar.

 

Uchrashuv jarayonida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O’zbekistonning qishloq hududlarida ish bilan bilan ta’minlash uchun ko’nikmalarni rivojlantirish” loyihasi tomonidan qoʼyilgan maqsad va vazifalar boʼyicha maʼlumot berildi. Ish beruvchilardan kasbga boʼlgan extiyojni aniqlash maqsadida so’rovnoma va suhbat oʼtkazildi. Oʼqituvchilar dars mashgʼulotlarini talab darajasida olib borishini yoʼlga qoʼyish boʼyicha zaruriy taklif va tavsiyalari boʼyicha fikr almashildi. Shu bilan bir qatorda Xorazm viloyatida joylashgan Qoʼshkoʼpir suv xoʼjaligi va meliorasiya kolleji va Urganch Аgrotexnologiyalar texnikumiga tashrif  buyurildi. Tashrif jarayonida mazkur kollej va texnikumlarda oʼquvchilar uchun yaratilgan sharoit, moddiy texnika bazasining shakllanganligi, oʼquv-uslubiy taʼminot hamda oʼquvchilarga taʼlim berishda ishchi dastur va kalendar rejalarni shakllanganligi, ishchi dastur va kalendar reja asosida dars mashgʼulotlarining olib borilishida foydaliladigan adabiyotlar bilan tanishildi. Fanlar boʼyicha adabiyotlar bilan taʼminlanganlik darajasi hamda moddiy texnika bazasining mavjudligi tahlil qilindi.