<
 
 
 
 
×
>
You are viewing an archived web page, collected at the request of United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO) using Archive-It. This page was captured on 14:06:01 Mar 15, 2022, and is part of the UNESCO collection. The information on this web page may be out of date. See All versions of this archived page.
Loading media information hide
Press release

YuNESKO Marg'ilonda hunarmandchilik, dizayn va tadbirkorlik bo'yicha bir qator treninglarni o’tkazmoqda

12/10/2021
Tashkent, O'zbekiston

O'zbekiston nomoddiy madaniy merosga boy va an'anaviy hunarmandchilikka ega mamlakat hisoblanadi. Globallashuv jarayonlari tufayli bu an'analarning ko'pchiligi himoyaga muhtoj, shu jumladan, ushbu meroslarni asrashdan maqsad ularni keyingi avlodlarga yetkazishdir.

Shu munosabat bilan, 2021-yilning 12-22-oktyabr kunlari YuNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi Farg'ona vodiysining Marg'ilon shahrida an'anaviy hunarmandchilik, dizayn va tadbirkorlik bo'yicha O'zbekistonning barcha asosiy viloyatlarida 60 dan ortiq ishtirokchilar uchun nazariy va amaliy mashg'ulotlarni tashkillashtirmoqda.

Salohiyatni oshirish bo’yicha ushbu tadbir  O'zbekistonning nomoddiy madaniy merosini, xususan, an'anaviy hunarmandchilikni himoya qilish, rivojlantirish va keng targ'ib qilishga qaratilgan. Bundan tashqari, treninglarning asosiy maqsadi mahalliy aholi, ayniqsa, ayollar va yoshlarning iqtisodiy va ijtimoiy farovonligini yaxshilash, ular uchun daromad keltiruvchi barqaror imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan.

 

Treninglarni an'anaviy hunarmandchilik va tadbirkorlik bo'yicha taniqli mutaxassislar, usta-hunarmandlar va tadbirkorlar olib borishadi. Ular qatorida an'anaviy kashtachilik, gilam to'qish, an'anaviy bo'yash, etno-dizayn, chitgarlik va hunarmandchilik bo'yicha mutaxassislari - Akbar Hakimov, Rasul Mirzaahmedov, Binafsha Nodir, Markhamatxon Umarova, Madina Qosimboeva, Sardor Gaziev, Husniddin Ato va Ilhom Davletovlar.

 Treninglar YuNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi “Hunarmand” xalq ustalari, hunarmandlari va rassomlari uyushmasi, Marg'ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi bilan yaqindan hamkorlikda va “Afg'oniston, Markaziy Osiyo va Eronda  Buyuk Ipak yo'li bo'ylab meros yo’laklari, Yevropa madiniy yilining xalqaro jihatlari” loyihasi doirasida tashkil etilgan.

Loyihaning maqsadi moddiy va nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, salohiyatini kuchaytirish, Ipak yo'lidagi umumiy madaniy merosni targ'ib qilish va merosdan barqaror rivojlanishning poydevori sifatida foydalanish hamda barqaror merosga asoslangan turizmni rivojlantirish orqali qo‘llab-quvvatlashdir.

 

YuNESKO:

Muxayyo Maxmudova YuNESKOning O‘zbekitondagi vakolatxonasi madaniyat ishlar bo‘yicha mutaxassisi;
Tel: (+99878) 1207116, 1207154, 1207155
Elektron pochta: m.makhmudova@unesco.org

Tatyana Abbasova, YuNESKO O‘zbekitondagi vakolatxonasi madaniyat bo‘limi maslahatchisi;
Tel: (+99878) 1207116, 1207154, 1207155,
Elektron pochta: t.abbasova@unesco.org

 


© UNESCO


© UNESCO