<
 
 
 
 
×
>
You are viewing an archived web page, collected at the request of United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO) using Archive-It. This page was captured on 10:08:28 Mar 15, 2022, and is part of the UNESCO collection. The information on this web page may be out of date. See All versions of this archived page.
Loading media information hide
News

O‘zbekistondagi o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimi va ularning kasbiy salohiyatlarini oshirish bo’yicha modellar

21/02/2022
Tashkent, O'zbekiston

O‘zbekistondagi o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimi va ularning kasbiy salohiyatlarini oshirish bo’yicha modellar 2022-yil 16-18-fevral kunlari Radisson Blu Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan uch kunlik tadqiqot seminarida muhokama qilindi.

O'qituvchilarni tayyorlash va kasbiy malakasini oshirish sohasidagi manfaatdor tomonlar, YUNESKOning xalqaro va mahalliy ekspertlari, tadqiqotchilar o‘qituvchilarning malakasini oshirish modellari va uning ta’lim tizimiga ta’siri bo’yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Ushbu muhim seminarda O‘zbekiston pedagogik kadrlar tayyorlash tizimidagi kamchiliklar va ehtiyojlar baholandi.

Tadqiqot seminarining asosiy natijalari:

  •  2021-yilning sentabr-noyabr oylarida 130 dan ortiq o‘qituvchilar ishtirokida O‘zbekistonning to‘rtta pilot hududida (Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlari) o‘tkazilgan I Tadqiqot sinovlari (FT1) jarayonining asosiy natijalarini muhokama qilindi va kelishildi;
  •  tadqiqot yondashuvi va o'qituvchilarning kasbiy rivojlanishining modelining ta'siri baholandi;
  •  O'zbekistonda ta'lim sektori va qaror qabul qiluvchilar uchun FT1 natijalari tahlil qilindi;
  •  2 tadqiqot sinovlari uchun batafsil tadqiqot ish rejasi muhokama qilindi va kelishildi.

Tadbir YUNESKOning "Gana, Gonduras va O'zbekistonda o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatlarini oshirish bo’yicha yondashuvlarni moslashtirish va ommalashtirish" loyihasi doirasida tashkil etilgan bo'lib, Xalqaro taraqqiyot tadqiqot markazi tomonidan GPE -KIX (Ta'lim sohasidagi bilimlar va innovatsion almashuv bo'yicha global hamkorlik) tashabbusi doirasida $ 435,000 miqdorida moliyalashtirilmoqda