<
 
 
 
 
×
>
You are viewing an archived web page, collected at the request of United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO) using Archive-It. This page was captured on 14:13:29 Mar 15, 2022, and is part of the UNESCO collection. The information on this web page may be out of date. See All versions of this archived page.
Loading media information hide

Xalqaro seminar: “Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda taʼlim va mehnat bozori hamkorligi”

17/09/2021
Tashkent, O'zbekiston

Joriy yilning 16-17-sentabr kunlari poytaxtimizdagi WYNDHAM TASHKENT mehmonxonasida “Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda taʼlim va mehnat bozori hamkorligi” mavzusida xalqaro seminar oʻtkazildi. Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari hamda Birlashgan Millatlar tashkilotining taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO) hamkorligidagi tadbirda Yevropa ittifoqi, YUNISEF, Britaniya kengashining, Jahon Banki va Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA), Shveysariya loyihasi elchixonasi, Germaniya xalqaro hamkorliklar jamiyati (GIZ), Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Germaniya xalq universitetlari assotsiatsiyasi (DVV) filiali hamda ERASMUS+ milliy ofisi vakillari ham ishtirok etdilar.

YuNESKOning Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "O’zbekistonning qishloq hududlarida ish bilan ta'minlash uchun ko'nikmalarni rivojlantirish" loyihasining xalqaro ekspertlari quyidagi ma'lumotlarni taqdim qildilar:

  • Milliy malakalar ramkasini joriy etish bo'yicha xalqaro tajriba (Jan Mark Kastejon),
  • Oliy ta'limda ta'lim sifatini ta'minlash tizimi (Belinda Smit),
  • O'zbekistonda malakalarni ishlab chiqish tizimi, Davlat -xususiy sheriklik (Lin Stanton).

.

YuNESKOning O’zbekistondagi Vakolatxonasi rahbari v.v.b janob Aleksandros K. Makarigakis o'zining kirish nutqida shunday dedi: «YuNESKO Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha orqali O'zbekiston hukumatiga milliy malaka ramkalari va sifat kafolatlaridan to'liq foydalanish va joriy etish uchun yordam taklif qilmoqchi. Hususan, qishloq xo'jaligi va sug'orish sohasida malaka ishlab chiqarish tizimi, shuningdek, qishloq xo'jaligi va sug'orish sohasidagi malaka kengashini to'liq ishga tushirish. Bu ikkita muhim sektor namuna bo'lib, milliy malakalar ramkasidan va sifat kafolatlari afzalliklarlaridan ilk foydalanish imkoniga ega bo'ladilar. Kelajakda foydalanish uchun oson moslashadigan va takrorlanadigan metodologiyani birinchi ishlab chiqarish mas'uliyatini biz juda yaxshi tushunamiz". Nutq videosi.

Seminar maqsadi- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2021yil 16 iyun kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videоselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda va oliy ta’limning mehnat bozori va ishlab chiqarish bilan samarali integratsiyasini ta’minlashda o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish.

 

 

Tadbirdagi ma’ruzalar.

 

                              Rasmlar Bahodir Firdavsiy tomonidan olingan.