Loyiha Boshqaruv Qoʼmitasining ikkinchi yigʼilishi bo'lib o'tdi
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "Oʼzbekistonning qishloq hududlarida ish bilan taʼminlash uchun koʼnikmalarni rivojlantirish" loyihasi doirasida YUNESKOning Oʼzbekistondagi Vakolatxonasi loyiha Boshqaruv Qoʼmitasining ikkinchi yigʼilishini 2022-yil 31-yanvar kuni oʼtkazdi. Tadbirda Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʼrinbosari, Qishloq xoʼjaligi va Suv xoʼjaligi vazirliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining xodimlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Oʼzbekiston Respublikasidagi Elchisi, YUNESKOning Oʼzbekistondagi Vakili v.v.b. va loyihadan manfaatdor tashkilotlar ishtirok etdilar. Yigʼilishda loyihaning 2021-yilda erishgan natijalari koʼrib chiqildi va 2022-yilga moʼljallangan ish rejasi, hamda byudjet ajratmalari muhokama qilindi.