<
 
 
 
 
×
>
You are viewing an archived web page, collected at the request of United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO) using Archive-It. This page was captured on 11:05:44 Mar 15, 2022, and is part of the UNESCO collection. The information on this web page may be out of date. See All versions of this archived page.
Loading media information hide

Pilot kollejlarda adabiyotlar tahlili

30/11/2021

2021 yil Noyabr oyida Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi pilot kollej va texnikumlarga tashrif qilindi. Tashrifdan asosiy maqsad, oldingi tashrif jarayonida kutubxonada mavjud bo‘lgan adabiyotlarning sohaga mosligi bo‘yicha olingan ma’lumotlarni o‘rganib chiqilganligi hamda xulosalar qilinib joylardagi pilot tashkilotlarda taqdimot qilishdan iborat edi.

Mazkur maqsad doirasida Kegeyli, Beruniy, Qo‘shko‘pir suv xo‘jaligi va melioratsiya kollejlari hamda Urganch agrotexnologiyalar texnikumi rahbariyati, o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan uchrashildi. Taqdimot natijalariga ko‘ra pilot tashkilot rahbariyati tomonidan ma’lumotnoma tayyorlandi. Ma’lumotnoma asosida to‘liq ta’lim sohalari bo‘yicha zaruriy adabiyotlar aniqlandi.

 

© UNESCO

Natijada ishlab chiqarish jarayonida bilim va ko‘nikmalarni aniqlashda xam adabiyotlar kerakligi, tayyorlanadigan adabiyotlar imkon doirasida tushunarli yoritilishi kerakligi ta’kidlab o‘tildi. Soha bo‘yicha adabiyotlarni tayyorlashda mahaliy o‘qituvchilar va ishlab chiqarishdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish kerakligi suhbat jarayonida aniqlandi.

© UNESCO
© UNESCO