<
 
 
 
 
×
>
You are viewing an archived web page, collected at the request of United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO) using Archive-It. This page was captured on 00:51:59 Jun 25, 2022, and is part of the UNESCO collection. The information on this web page may be out of date. See All versions of this archived page.
Loading media information hide

Qishloq va suv xo’jaligi tarmoqlari uchun Milliy Mashg'ulot Standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha seminar

07/04/2022
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekiston qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Mehnat bozori tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya tarmoqlarida milliy mashg'ulot standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi milliy mashg'ulot standartlarni ishlab chiqish bo'yicha xalqaro tajribani taqdim etish va O'zbekistonda mashg'ulot standartlarni ishlab chiqishda aniqlangan chaqiriqlar va istiqbollarni muhokama qilishdan iborat edi.
© ILMR
Uchrashuvda Mehnat bozori tadqiqotlari instituti xodimi janob Safaxonov ko'nikmalarga bo'lgan ehtiyoj tahlili natijalarini taqdim etdi. Loyiha maslahatchisi janob Stenton Milliy mashg'ulot standartlarni ishlab chiqish bo'yicha xalqaro tajriba bilan o'rtoqlashdi. YUNESKO ekspertlari tomonidan Qishloq xo'jaligi va Irrigatsiya tarmoqlari uchun malaka paketining shabloni va milliy mashg'ulot standartlari shablonlari ham taqdim etildi.
© ILMR
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq xo‘jaligi va Irrigatsiya vazirliklari vakillari hamda ilmiy doira vakillari ushbu seminarning yuksak ahamiyatini e’tirof etib, loyiha doirasida Milliy mashg'ulot standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni kelishib oldilar. Uchrashuv so‘ngida Mehnat bozori tadqiqotlari instituti direktori janob Xolmuhammedov va loyihaning rahbari janob Kleitsas barcha ishtirokchilarga hamkorlik va faollik uchun minnatdorchilik bildirib, seminarning ikkinchi bosqichi 2022-yil 28-aprelda o‘tkazilishi rejalashtirilganligini ma’lum qildi.
© ILMR