<
 
 
 
 
×
>
You are viewing an archived web page, collected at the request of United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO) using Archive-It. This page was captured on 00:37:55 Jun 25, 2022, and is part of the UNESCO collection. The information on this web page may be out of date. See All versions of this archived page.
Loading media information hide

Loyiha Boshqaruv Qoʼmitasining uchinchi yigʼilishi doirasida asosiy natijalar va rejalar muhokama qilindi.

24/06/2022
YUNESKOning Oʼzbekistondagi Vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "Oʼzbekistonning qishloq hududlarida ish bilan taʼminlash uchun koʼnikmalarni rivojlantirish" loyihasi doirasidagi Boshqaruv Qoʼmitaning uchinchi yigʼilishini oʼtkazdi. Tadbirda Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim vazirining oʼrinbosari, Qishloq xoʼjaligi va Suv xoʼjaligi vazirliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining xodimlari, shuningdek, YUNESKO bosh qarorgohi vakili va Yevropa Ittifoqining Oʼzbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi vakillari va loyihadan manfaatdor tashkilotlar ishtirok etdilar. Yigʼilishda loyihaning 2022-yil birinchi yarmida erishgan natijalari koʼrib chiqildi va 2022-yil ish rejasiga kiritilgan tadbirlarning qolgan qismi ko’rib chiqildi. Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim vazirining oʼrinbosari, loyiha boshqaruv qoʼmitasi raisi, Sadoqat Siddikova honim qutlov nutqida: "Biz loyihaning O‘zbekistonda professional ta’limni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholaymiz. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorida bu boradagi ishlar muhimligi ta’kidlandi va professional ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish Departamenti tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda ishtirok etgan barcha hamkorlarimizga vazirlik nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va samarali hamkorlikka umid qilamiz”,- dedi. YUNESKOning Oʼzbekistondagi Vakili v.v.b janob Аleksandros Makarigakis, loyiha doirasida quyidagi natijalarga erishilganligi haqida ishtirokchilarga ma’lumot berdi: “Professional ta’lim (TVET) strategiyasi yaqinda yakunlandi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga topshirildi. Milliy sifat kafolati tuzilmasini yaratish uchun asos bo‘ladigan professional ta’lim sifat asoslari loyihasi ishlab chiqildi. Bundan tashqari, loyiha qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya sohalarida sektor malaka kengashlarini ishga tushirishni qo‘llab-quvvatlamoqda va mehnat bozorini o‘rganish instituti bilan hamkorlikda ikki sektor uchun kasbiy xaritalar loyihasini ishlab chiqdi. Milliy kasbiy standartlarni ishlab chiqishda ushbu xaritalarga tayaniladi va 2022–yil davomida yakunlanishi kutilmoqda. Qoragalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridagi tajriba kollejlarining infratuzilmasini o‘rganishning dastlabki bosqichi amalga oshirildi va tenderlar tayyorlanishi bilan ishlar shu yildayoq boshlanishi rejalashtirilmoqda. Nihoyat, hamkor institutlar bilan birgalikda o‘quv dasturlarini yangilash va keying bosqichda xarid qilinadigan zarur jihozlarni aniqlash ishlari olib borilmoqda”. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasining hamkorlik bo‘limi rahbari janob Fransua Bejo loyihaning borishidan mamnunligini bildirdi: “Ushbu loyiha Yevropa Ittifoqi uchun strategik ahamiyatga ega, chunki uning maqsadi qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi sohasida tegishli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yangi avlodni tayyorlashdir. Bu qishloq aholisi farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, yoshlarning mehnat bozoriga kirib kelishiga yordam berishi ko’zda tutligan”, - deb ta’kidladi.
© UNESCO