<
 
 
 
 
×
>
You are viewing an archived web page, collected at the request of United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO) using Archive-It. This page was captured on 00:51:24 Jun 25, 2022, and is part of the UNESCO collection. The information on this web page may be out of date. See All versions of this archived page.
Loading media information hide

Professional ta’lim ko’nikmalarini rivojlantirish strategiyasiga bag'ishlangan seminar

15/03/2022
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va YUNESKO tomonidan amalga oshirilayotgan "Oʼzbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish koʼnikmalarini rivojlantirish" loyihasi bilan birgalikda “Professional ta’lim ko’nikmalarini rivojlantirish strategiyasi va sifatni ta’minlash asoslari” mavzusida seminar tashkil qildilar. 2022 yil 15-Mart kuni YUNESKOning Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekiston qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi Professional ta’lim boshqaruvini qo‘llab-quvvatlash faoliyati doirasida Milliy professional ta’limni rivojlantirish strategiyasi va sifatni ta’minlash ramkasini ishlab chiqmoqda. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi taklifiga binoan ushbu seminarda tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etib fikr almashdilar. Hususan, Qishloq, Suv xoʻjaligi, Bandlik va mehnat munosabatlari, Xalq ta’limi va Mabtabgacha ta’lim vazirliklari, Soq’liqni saqlash, Moliya va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirliklari, hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi va horijiy hamkorlar, Yoshlar ishlari agentligi, universitetlar va loyiha manfaatdor tomonlari seminarda qatnashdilar. Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining boshqarma boshlig’i, O’tkir Alijonov oʼzining qutlov nutqida: "Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan oldingi kasb-hunar kollejlari o‘rnida xalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi tizim yaʼni tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlar asosida “Hayot davomida taʼlim olish” prinsiplarini o‘zida aks ettirgan professional taʼlim muassasalari tarmog‘i tashkil etildi. Ushbu tizimda bugungi kunda 400 ming nafardan ortiq turli yoshdagi shaxslar, xotin-qizlar va ishsiz fuqarolar kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha taʼlim olmoqdalar. Yoshlarda zaruriy malakalarni va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun xalqaro ekspertlar bilan birgalikda professional taʼlim tizimini rivojlantirish va taʼlim sifatini taʼminlashda aniq strategiyalar va maqsadlar asosida faoliyat ko‘rsatishimiz davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalarni ijrosini taʼminlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu borada boy tajribaga ega YUNESKO va boshqa hamkorlarimiz bilan birgalikda O‘zbekistonda joriy qilinayotgan Milliy malaka tizimi asosida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va taʼlim sifatini taʼminlashga qaratilgan professional taʼlimni rivojlantirish borasida o‘z faoliyatimizni yangi bosqichga olib chiqish ustida ishlar olib boryapmiz. Biz taʼlim sohasida islohotlarni xalqaro eng yaxshi amaliyotlar asosida amalga oshirmoqchimiz”. YUNESKOning Oʼzbekistondagi Vakili v.v.b janob Аleksandros Makarigakis ta’kidlashicha: “O‘zbekiston uchun keng qamrovli, milliy professional ta’lim strategiyasi muhim ahamiyat kasb etib, mamlakatning qishloq joylarida iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yengillashtirishga hissa qo‘shadigan samarali asos yaratib berishiga ishonamiz.YUNESKO, Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼlim sohasidagi vakolatli agentligi sifatida milliy saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashdan faxrlanadi va Yevropa Ittifoqiga “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasini saxovatli moliyalashtirgani uchun minnatdorchilik bildiradi”.