<
 
 
 
 
×
>
You are viewing an archived web page, collected at the request of United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO) using Archive-It. This page was captured on 18:34:23 Mar 15, 2022, and is part of the UNESCO collection. The information on this web page may be out of date. See All versions of this archived page.
Loading media information hide

O’zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko’nikmalarini rivojlantirish loyihasi

Project name :

O’zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko’nikmalarini rivojlantirish loyihasi

Project duration :

31-08-2024

Location :

O'zbekiston
Loyiha YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan O'zbekistonning quyidagi hududlarida amalga oshiriladi: Qoraqalpog'iston, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo. 2020 yil 1 Sentyabrda boshlangan va 2024 yil 31 Avgust tugatilish ko’zda tutilgan. Ushbu kasb-hunar ta'limi loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan € 9 600 000 miqdorida moliyalashtirilgan.

Loyiha maqsadlari:

Loyiha O'zbekistonda barqaror, ko'p tarmoqli va modernizatsiya qilingan qishloq xo'jaligida ayollar va erkaklar uchun tegishli ko'nikmalarni rivojlantirishni qo'llab -quvvatlashga qaratilgan. Ushbu loyiha O'zbekiston hukumati tashabbusi bilan qishloq xo'jaligi va sug'orish sohasida malaka oshirish tizimining sifatini, ahamiyatini, samaradorligini oshiradi, bunda milliy manfaatdor tomonlar tanlagan qishloq joylariga alohida e'tibor qaratiladi. Loyiha hukumatga qishloq xo'jaligi va sug'orish sohalarida transversal usullarni, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashning yuqori texnologiyalari va innovatsion yondashuvlarini kengaytirish maqsadida yangi tashabbus va yondashuvlarni ishlab chiqish va sinovdan o'tkazishda yordam beradi. Umumiy maqsad - qishloq hududlarida turmush darajasini yaxshilash, ayollar va erkaklarni ish bilan ta'minlash imkoniyatlarini yaxshilash; aniq maqsad - ayollar va erkaklarni barqaror, ko'p tarmoqli va modernizatsiya qilingan qishloq xo'jaligi ehtiyojlariga mos ko'nikmalarga ega bo'lishi.

Loyiha faoliyati quyidagi natijalarga erishishga yordam beradi:

• mehnat bozori talablariga muvofiq qishloq xo'jaligi va sug'orish sohasida malaka oshirish boshqaruvini modernizatsiya qilish va kuchaytirish;

• mehnat bozori, talabalar va qishloq xo'jaligi va sug'orish sohasidagi ishchilar ehtiyojlarini qondirish uchun malaka va ko'nikmalarni rivojlantirish metodologiyasini modernizatsiya qilish; va

• qishloq joylarida qishloq xo'jaligi va irrigatsiya kollejlarini zamonaviy texnologiyalar, o'qitish va ta'lim usullaridan foydalangan holda malakali boshqaruv va o'qituvchilar bilan ta'minlab modernizatsiya qilish.

 

BRM 4- Sifatli ta'lim:

4.3 Kasb-hunar ta'limi,

4.4 Mehnat bozori uchun munosib malakaga ega yoshlar,

4.5 Ta'limdagi gender tengligi.

BRM 5- Gender tengligi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish: 5.5 Ayollarning siyosiy, iqtisodiy va jamoat hayotida yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlari va to'liq ishtirokini ta'minlash.

BRM 8 - Iqtisodiy o'sish va bandlik: 8.5 To'liq ish bilan ta'minlash,

8.6 Yoshlarning ishsizligini kamaytirish.
 



Aloqa uchun:

Spyridon Kleitsas
Loyiha rahbari
Zilola Abdukahharova