Xorazm viloyati Urganch shahrida hududiy harakatlar rejasini muhokamasi
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O’zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko’nikmalarini rivojlantirish” loyihasi 20-iyun kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida seminar tashkil qildi. Ushbu seminar loyihaning hududiy harakatlar rejasini amalga oshirishga ko‘maklashishga hizmat qiladigan tadbirlarning birinchisidir. Hukumat tomonidan amalga oshirilgan isloxotlar jarayonida viloyatlar kesimida maʼlumotlar to‘plash va hududiy manfaatdor tomonlarning loyiha haqida habardorligini oshirish maqsadida ushbu viloyatlar mutasaddi tashkilotlari bilan qator uchrashuvlar tashkil etilgan edi, seminar shu uchrashuvlarning davomidir. Seminar Oliy va O‘rta maxsus taʼlimi, Qishloq ho‘jaligi va Suv xo‘jaligi, Bandlik va Mexnat munosabatlari vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini Nazorat qilish Davlat Inspeksiyasi, Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalarni rivojlantirish milliy markazi (AKIS), fermerlar kengashi va hususiy sektor ishtirokida Professional taʼlim Strategiyasi loyihasining muxokamasi va viloyatlarda tadbiq etish masalalarini yechish uchun platformadir.
Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad- har bir viloyat sharoitidan kelib chiqqan holda, ish beruvchilarning ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha fikr-muloxaza va takliflarini o‘rganishdan iborat bo‘lib, muhokama loyiha ko‘nikmalarni rivojlantirish nuqtai nazaridan qo‘llab quvvatlash mumkin bo‘lgan tashabbuslarga, hususan fermer va tadbirkorlarga qaratilagan. Seminarning muhim qismi Qishloq ho‘jaligi va Suv xo‘jaligi vazirliklari qoshidagi taʼlim muassasalariga qaratilgan. Yangi Strategiya tufayli yangilangan kasbiy standartlar, taʼlim standartlari, yangi jihozlar, o‘quv dasturlarni modullashtirish, raqamlashtirish, ishlab chiqarishda bevosita o‘qitish va zamonaviy pedagogik yondashuvlar va tashabbuslar taklif etildi. Seminar natijasida, yuqorida keltirilgan bandlar asosida hududiy “Yo'l haritasi” ishlab chiqildi va loyihaning bajarilishini kelgusida kuzatib borish uchun muntazam ravishda seminarlar o‘tkazish rejalashtirildi. Seminar yakka tashabbus bo'lib qolmay, bu manfaatdor vazirliklar, AKIS, fermerlar kengashi, klasterlar kabi hududiy ishtirokchilar bilan hamkorlik tarmog‘ini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. Zamonaviy professional taʼlim provayderlarining halqaro talablarga mos ravishda hududiy ishtirokchilar bilan hamkorlikning kengayishiga erishiladi. Bu borada raqamlashtirish ushbu jarayonga yordam beradi. Strategiya loyihasi sohani rivojlantirishning yangi usullarini taklif etadi. Har bir hududning o‘ziga xos muammolari va imkoniyatlari bor va seminar mavjud imkoniyatlardan foydalanishga va oldinga siljishga yordam beradi.